FormProvider va useFormContext — Katta formalarda Context yaratish
FormProvider va useFormContext yordamida prop drilling muammosini hal qilish, murakkab va ko'p bosqichli formalarni modulli komponentlarga ajratish.
9-dars
FormProvider — Form context yaratish
Katta va murakkab formalarda (masalan, ko'p bosqichli ro'yxatdan o'tish anketa-wizard'lari, tab'larga bo'lingan profil sozlamalari yoki o'nlab maydonli checkout sahifalarida) barcha kod bitta fayl ichiga yozilsa, komponent o'qib bo'lmas darajada kattalashib ketadi.
Uni kichik bo'laklarga (sub-komponentlarga) ajratganda esa har bir bola komponentga register, errors, control kabi prop'larni qo'lma-qo'l uzatib chiqish (Prop Drilling) kodni noqulay va chalkash qilib qo'yadi.
FormProvider — bu React'ning Context API mexanizmiga asoslangan maxsus wrapper komponent bo'lib, useForm() qaytargan barcha metod va holatlarni daraxtning istalgan chuqurligidagi bola komponentlarga prop'larsiz to'g'ridan-to'g'ri ulashish imkonini beradi.
1. Ishlash mexanizmi
- Ota komponentda: Formaning barcha metodlari bitta obyekt sifatida olinadi:
const methods = useForm<FormType>(); - Context bilan o'rash: Butun forma
<FormProvider {...methods}>bilan o'raladi. - Bola komponentlarda: Har qanday ichki komponentda
useFormContext<FormType>()chaqirilib, kerakli barcha metodlar (register,formState,watch,setValue) to'g'ridan-to'g'ri olinadi.
2. Real misol: Katta formani modulli komponentlarga bo'lish
Quyidagi misolda xaridni rasmiylashtirish (Checkout) formasini ikki mustaqil bola komponentga ajratamiz:
import {
FormProvider,
useForm,
useFormContext,
type SubmitHandler,
} from "react-hook-form";
type CheckoutFormValues = {
fullName: string;
phone: string;
city: string;
address: string;
// 1-bola komponent: Hech qanday prop qabul qilmaydi
function CustomerInfoFields() {
const {
register,
formState: { errors },
} = useFormContext<CheckoutFormValues>();
return (
<fieldset>
<legend>Mijoz ma'lumotlari</legend>
</fieldset>
// 2-bola komponent: Yetkazib berish manzili
function DeliveryAddressFields() {
const {
register,
formState: { errors },
} = useFormContext<CheckoutFormValues>();
return (
<fieldset>
<legend>Yetkazib berish manzili</legend>
</fieldset>
// Ota komponent: Butun jarayonni birlashtiradi
export function CheckoutForm() {
const methods = useForm<CheckoutFormValues>({
defaultValues: {
fullName: "",
phone: "",
city: "Toshkent",
address: "",
const onSubmit: SubmitHandler<CheckoutFormValues> = (data) => {
console.log("Buyurtma qabul qilindi:", data);
return (
<FormProvider {...methods}>
{/* Prop drilling yo'q — har bir komponent context'dan oziqlanadi */}
<CustomerInfoFields />
<DeliveryAddressFields />
Buyurtmani rasmiylashtirish
</FormProvider>
3. Muhim amaliy eslatmalar
1. Qachon ishlatish kerak?
- Forma 2–3 daraja ichkaridagi modullarga bo'linganda (
PersonalInfoSection,BillingAddressSection,PaymentStep). - Ko'p qadamli Wizard / Stepper formalarida qadamlar alohida fayllarda turganda.
- Oddiy, bitta faylda sig'adigan kichik formalarda (masalan, Login yoki Search)
FormProviderishlatish tavsiya etilmaydi — bu faqat ortiqcha kod qatlamini yaratadi.
2. Qayta ishlatiluvchi (Reusable) UI inputlar
Agar siz loyihaning hamma joyida ishlatiladigan umumiy <CustomInput /> yoki <CustomSelect /> komponentini yaratayotgan bo'lsangiz:
- Uni
FormProvider'ga qattiq bog'lab (hardcode qilib) qo'ymang. - Buning o'rniga unga
controlvanameprop'larini berib,useControlleryokiControllerorqali ishlatish mustaqilroq va qayta ishlatish uchun ancha moslashuvchan bo'ladi.