Seriya: HTML Basics Dars 9

ARIA — Semantics, Name, State, Patterns

ARIA qachon kerak va qachon zarar ekanini o'rganing, accessible name va state'ni to'g'ri boshqarishni va ARIA'ning 3 ta oltin qoidasini tushunish. ARIA interaktivlik bermaydi—faqat screen reader'ga ma'lumot beradi.

9-dars

ARIA — Semantics, Name, State, Patterns

🎯 Maqsad: ARIA'ni "yopishtirish" emas, qachon kerak / qachon zarar ekanini bilish, va accessible name + state ni to'g'ri boshqarish.

0️⃣ ARIA'ning 3 ta oltin qoidasi

Qoida 1: Avval HTML (Native element bo'lsa ARIA ishlatma)

Save

Save

Native HTML elementlar o'zida accessibility, keyboard qo'llab-quvvatlash va semantics'ga ega. ARIA faqat native elementlar mavjud bo'lmaganda ishlatilishi kerak.

Qoida 2: ARIA interaktivlik bermaydi

ARIA faqat screen reader'ga ma'lumot beradi. U quyidagilarni qilmaydi:

• Tab fokus qo'shmaydi
• Enter/Space behavior bermaydi
• Click funksiyasini bermaydi
• UI'ni "accessible" qilib qo'ymaydi

Keyboard behavior va interaktivlikni JavaScript bilan implement qilish kerak.

Qoida 3: ARIA state'lar JS bilan sync bo'lishi shart

Agar aria-expanded="true" qo'ysangiz, lekin UI panel yopiq ko'rsatsa, yolg'on UI yaratdingiz. Screen reader foydalanuvchilari chalkashadi.

// ✅ To'g'ri: State UI bilan sync
button.setAttribute('aria-expanded', isOpen ? 'true' : 'false');

// ❌ Noto'g'ri: State UI bilan mos kelmaydi
button.setAttribute('aria-expanded', 'true'); // Lekin panel yopiq!

1️⃣ ARIA nima qiladi, nima qilmaydi

ARIA qiladi:

• Element "kim" ekanini aytadi (role)
• Holatini aytadi (state)
• Bog'lanishlarini aytadi (property)
• Screen reader o'qiydigan nom/izohni boshqaradi

ARIA qilmaydi:

• ❌ Tab fokus qo'shmaydi
• ❌ Enter/Space behavior bermaydi
• ❌ Click ishlatib bermaydi
• ❌ UI'ni "accessible" qilib qo'ymaydi (faqat xabar beradi)

2️⃣ ARIA'ning tuzilishi: Role / State / Property

A) role — "bu nima?"

role screen reader'ga element nima ekanligini aytadi.

Keng tarqalgan role'lar:

• role="navigation"
• role="dialog"
• role="tablist"
• role="tab"
• role="tabpanel"
• role="menu"
• role="menuitem"
• role="listbox"
• role="option"
• role="switch"

Qoidasi: role faqat native HTML yo'q bo'lsa ishlatiladi.

Tab 1
Tab 2

Content

Click me

B) state — "hozir holati qanday?"

State elementning hozirgi holatini tasvirlaydi.

Keng tarqalgan state'lar:

• aria-expanded="true|false" (ochiq/yopiq)
• aria-checked="true|false" (checkbox/switch)
• aria-selected="true|false" (tabs/options)
• aria-pressed="true|false" (toggle button)
• aria-disabled="true" (o'chirilgan)
• aria-hidden="true" (screen reader'dan yashirish)

Qoidasi: State har doim real UI bilan bir xil bo'lishi kerak (JS bilan sync).

Open Panel

Content

C) property — "nimalar bilan bog'langan?"

Property bog'lanishlar va qo'shimcha ma'lumotlarni tasvirlaydi.

Keng tarqalgan property'lar:

• aria-controls="id" (qaysi panelni boshqaradi)
• aria-labelledby="id" (nomini qayerdan oladi)
• aria-describedby="id" (izoh qayerdan)
• aria-live="polite|assertive" (dynamic xabarlar)
• aria-modal="true" (modal context)
• aria-current="page" (nav'da current page)

3️⃣ Accessible Name (Eng muhim mavzu)

Screen reader elementni o'qiganda 1-chi savol: "nomi nima?"

Name berish tartibi (amaliy qoida)

1. Visible text (masalan, button ichidagi "Save")
2. aria-labelledby="id" (tashqaridagi matndan nom olish)
3. aria-label="..." (so'nggi chora)

Qoidasi:

• Ko'rinadigan label bor bo'lsaaria-labelledby
• Visible label yo'q bo'lsa (faqat icon) → aria-label

Save

<svg>...</svg>

<svg>...</svg>

aria-labelledby vs aria-describedby

• aria-labelledby → nom ("bu nima?")
• aria-describedby → izoh ("qo'shimcha info")

Submit

Bu form ma'lumotlaringizni yuboradi

Screen reader: "Submit, button. Bu form ma'lumotlaringizni yuboradi"

4️⃣ Eng ko'p ishlatiladigan ARIA'lar (cheat-sheet)

Toggle / Dropdown / Filter panel

Toggle Panel

Content

Toggle button (like/subscribe)

Like

Tabs

Tab 1

Tab 2

Content 1

Content 2

(ko'pincha) tabindex="0|-1" bilan roving tabindex pattern ishlatiladi.

Listbox / Combobox (custom select)

Option 1

Option 2

Modal/dialog (custom bo'lsa)

Tasdiqlash

Ishonchingiz komilmi?

OK

Live feedback (toast, "Saved!")

Saqlandi!

Xato: Noto'g'ri kirish

Navigation current

Home
About

5️⃣ Live Regions — dynamic kontentni "gapirtirish"

Agar UI'da matn o'zi o'zgarib qolsa (AJAX, toast, validation), screen reader buni ko'rmay qolishi mumkin.

• aria-live="polite" → tinch, keyinroq o'qiydi (status, "Saved")
• aria-live="assertive" → darhol (critical error)

Qoida: keragidan ortiq assertive ishlatma — foydalanuvchini "bosib ketadi".

6️⃣ aria-hidden va "yashirish" (katta xatolar shu yerda)

• aria-hidden="true" → faqat screen reader'dan yashiriladi
• hidden / display:none → ham ko'rinmaydi, ham SR ko'rmaydi

Xato pattern: Modal ochilganda orqa fonni faqat vizual yashirib qo'yib, SR uchun ochiq qoldirish.

7️⃣ Eng xavfli 10 ta xato (checklist)

1. ❌ Native element bor joyda role ishlatish
2. aria-expanded bor, lekin JS update qilmaydi
3. aria-controls id noto'g'ri (mavjud emas)
4. ❌ Icon button'da label yo'q (aria-label/aria-labelledby yo'q)
5. aria-hidden="true" bosiladigan narsaga qo'yilgan
6. role="button" qo'yib, keyboard behavior yozilmagan
7. aria-disabled="true" qo'yib, real disabled emas (action baribir ishlaydi)
8. aria-describedby bilan error text ulanganmadi
9. aria-live hamma joyga qo'yilgan (shovqin)
10. ❌ ARIA bilan "semanticsni" tuzataman deb, asl HTML'ni buzish

8️⃣ Minimal "qachon ARIA kerak?" qaror daraxti

Native HTML bormi?
├─ Ha → ARIA yo'q
└─ Yo'q → Davom et

Icon-only buttonmi?
├─ Ha → aria-label yoki aria-labelledby
└─ Yo'q → Davom et

Biror narsa ochilib-yopiladimi?
├─ Ha → aria-expanded + aria-controls (JS sync)
└─ Yo'q → Davom et

Custom widgetmi (tabs/combobox)?
├─ Ha → role + state + keyboard spec
└─ Yo'q → Ehtimol ARIA kerak emas

Umumiy xulosa

ARIA — bu accessibility uchun "plastir" emas, bu screen reader'lar uchun muloqot vositasi. 3 ta oltin qoida: avval HTML, ARIA interaktivlik bermaydi, va ARIA state'lar JS bilan sync bo'lishi kerak.