CSS Asoslari - 15-dars
Flexbox tushunchasini o'rganing. Flexbox nima, flex container va flex item nima, ular qanday ishlaydi va qachon ishlatilishini tushuning.
15-dars
O'zing nomla
1. Flexbox nima?
Flexbox (Flexible Box Layout) — bu CSS'dagi layout modeli.
Oddiyroq aytganda:
Flexbox — bir konteyner ichidagi elementlarni tartibli, moslashuvchan va boshqariladigan qilib joylashtirish usuli.
Bu:
bitta qator YOKI bitta ustun bo'ylab ishlaydi.
Shuning uchun: one-dimensional (1D) layout deyiladi.
Flexbox nimani o'zgartirdi?
Flex'dan oldin CSS shunaqa edi:
Har bir element o'zi bilan o'zi
"Yonimdagiga qarab moslash" degan tushuncha yo'q
Brauzer: "mana qo'ydim, endi o'zing bil"
Flexbox bilan esa:
Elementlar bir jamoa bo'lib ishlaydi
Container aytadi:
qaysi yo'nalishda joylashish
bo'sh joyni qanday bo'lish
kim o'ssin, kim qisqarsin
Elementlar esa shu qoidalarga bo'ysunadi.
Texnik ta'rif (aniq)
Flexbox:
display: flex qo'yilgan container
va uning ichidagi direct child elementlar
orasidagi joylashuv algoritmi.
Muhim: ❗ Flex faqat bevosita ichidagi elementlarga ta'sir qiladi ❗ Ichma-ich (nested) bo'lsa — har biri alohida flex bo'ladi
2. Flex container va flex item nima?
Flex'da KIM boshqaradi, KIM bo'ysunadi?
Flexbox'da rollar aniq:
Flex container → boshqaruvchi
Flex item → bo'ysunuvchi
Agar shu mantiqni tushunmasang: ❌ justify-content ishlamaydi ❌ flex-grow tushunarsiz bo'ladi ❌ "nega bunday bo'ldi?" degan savol ko'payadi
1️⃣ Flex container nima?
Flex container — bu:
.parent {
display: flex;

display: flex berilgan element.
👉 Hamma flex qoidalari SHU YERDA boshlanadi.
Container:
yo'nalishni belgilaydi
elementlarni qatorga yoki ustunga qo'yadi
bo'sh joyni qanday taqsimlashni hal qiladi
Muhim:
Flex o'zi uchun emas, ichidagi bolalari uchun ishlaydi.
2️⃣ Flex item nima?
Flex item — bu:
👉 Flex container'ning bevosita ichidagi elementlari.

A

B

❗ Faqat direct child — flex item bo'ladi ❌ Ichidagi ichidagi element — yo'q

Bu flex item EMAS

Bu yerda:
div → flex item
span → oddiy element
Container nimalarni boshqaradi?
Misol uchun:
.parent {
display: flex;
justify-content: space-between;
align-items: center;

Container aytyapti:
elementlar yonma-yon bo'lsin
bo'sh joy teng taqsimlansin
vertikal markazda tursin
Item'lar:
"xo'p" deb turadi 😄
Item nimalarni boshqaradi?
Flex item:
o'sadimi (flex-grow)
qisqaradimi (flex-shrink)
boshlang'ich o'lchami (flex-basis)
o'zini alohida joylashtirish (align-self)
Ya'ni:
Container — jamoa qoidasi Item — individual xulq