CSS Asoslari - 1-dars
CSS nima ekanligini, qanday ishlashini va qayerda yozilishini o'rganing. Selector, property, value, class, ID va CSS'ning asosiy tushunchalari.
1-dars
CSS Asoslari
CSS — bu HTML elementlarga qanday ko'rinishda bo'lishini aytib beradigan til. Bu darsda CSS'ning asosiy tushunchalari va qanday ishlashini o'rganamiz.
1. CSS nima va u nima uchun kerak?
Bu nima?
CSS — bu HTML elementlarga qanday ko'rinishda bo'lishini aytib beradigan til.
HTML:
- nima borligini aytadi (matn, tugma, rasm)
CSS:
- u qanday ko'rinishini aytadi (rang, joylashuv, o'lcham)
Nega kerak?
Agar CSS bo'lmasa:
- hamma matn bir xil
- sahifa xunuk va tushunarsiz bo'ladi
CSS yordamida:
- rang beramiz
- elementlarni joylashtiramiz
- sahifani chiroyli qilamiz
Eng oddiy misol
p {
color: red;
}
Bu barcha <p> matnlarni qizil qiladi.
Xulosa
CSS — sahifaning ko'rinishi uchun javobgar.
2. CSS qayerga yoziladi? (inline, style, file)
Bu nima?
CSS'ni HTML'ga ulashning 3 ta yo'li bor.
1-usul: Inline CSS
<p style="color: red;">Hello</p>
👉 Ishlaydi, lekin yomon usul.
2-usul: <style> ichida
<style>
p {
color: red;
}
</style>
👉 Kichik sahifalarda bo'lishi mumkin.
3-usul: Alohida .css fayl
<link rel="stylesheet" href="style.css">
👉 ENG TO'G'RI USUL.
Xulosa
Real loyihada CSS har doim alohida faylda bo'ladi.
3. CSS qanday o'qiladi? (selector + property + value)
Bu nima?
CSS qoida bilan ishlaydi.
Qoida 3 qismdan iborat:
- Selector — qaysi element
- Property — qanday xususiyat
- Value — qanday qiymat
Misol
p {
color: blue;
}
p— selectorcolor— propertyblue— value
Xulosa
CSS = "Qaysi element + Qanday bo'lsin".
4. Class nima va nega kerak?
Bu nima?
Class — elementlarni nomlab, ularga style berish usuli.
Misol
HTML:
<p class="text">Hello</p>
CSS:
.text {
color: red;
}
Nega kerak?
Agar 10 ta <p> bo'lsa va faqat bittasini bezamoqchi bo'lsang — class ishlatasan.
Xulosa
Class — CSS'ning asosiy quroli.
5. ID nima va nega kam ishlatiladi?
Bu nima?
ID — bitta element uchun yagona nom.
Misol
<p id="title">Hello</p>
#title {
color: blue;
}
Nega kam ishlatiladi?
- Juda kuchli
- Keyin o'zgartirish qiyin
Xulosa
CSS'da ko'pincha class, kamdan-kam id ishlatiladi.
6. Bir nechta bir xil CSS code bo'lsa nima bo'ladi?
Bu nima?
Bir elementga bir nechta style yozilishi mumkin.
Misol
p {
color: red;
}
p {
color: blue;
}
👉 Oxirgisi ishlaydi.
Xulosa
CSS yuqoridan pastga o'qiladi.
7. Brauzer default style degani nima?
Bu nima?
Brauzer elementlarga o'zi style berib qo'yadi.
Masalan:
<h1>katta<p>da margin bor
Misol
Sen CSS yozmasang ham sahifa chiroyliroq ko'rinadi — bu default style sababli.
Xulosa
Brauzer CSS'ni noldan boshlamaydi.
8. CSS buyruq emas
Bu nima?
CSS:
- "shuni qil" demaydi
- "agar mos kelsa, shunaqa bo'lsin" deydi
Oddiy misol
p {
color: red;
}
Agar <p> bo'lsa — qizil bo'ladi.
Bo'lmasa — hech narsa bo'lmaydi.
Xulosa
CSS majburlamaydi, taklif qiladi.
9. CSS'ni to'g'ri o'rganish qanday bo'ladi?
CSS'ni yodlab emas, tushunib o'rganiladi.
To'g'ri yo'l
- Avval: bu nima?
- Keyin: qanday ishlaydi?
- Keyin: qayerda muammo chiqadi?
Xulosa
CSS — murakkab emas. Uni sekin va to'g'ri ketma-ketlikda o'rganish kerak.