CSS Asoslari - 11-dars
inline-block, display: none va visibility: hidden tushunchalarini o'rganing. Qachon qaysi birini ishlatishni, ularning farqlarini va umumiy xatolarni tushuning.
11-dars
O'zing nomla
1. inline-block qachon kerak?
inline-block nima?
inline-block — inline va block'ning gibridi.
Brauzer bunday o'ylaydi:
"Bu element yonma-yon yurishi mumkin lekin men uni blok quti sifatida hisoblayman"
Nimalarni beradi?
Inline'dan oladi:
- yonma-yon joylashadi
- yangi qatordan boshlanmaydi
Block'dan oladi:
- width ishlaydi
- height ishlaydi
- margin-top/bottom ishlaydi
- padding to'liq ishlaydi
Eng ko'p ishlatiladigan joylar
- Buttonlar
- Badge / tag
- Icon + text
- Navbar item'lar
Misol (klassik)
Button
Button
.btn {
display: inline-block;
width: 120px;
padding: 10px;
text-align: center;
background: black;
color: white;

👉 Natija:
- yonma-yon
- width ishlaydi
- chiroyli button
Inline-block'dagi yashirin muammo ⚠️

Orada bo'sh joy chiqadi.
Sabab:
- HTML'dagi whitespace (space / enter)
- brauzer uni text deb hisoblaydi
2. display: none nima qiladi?
display: none aslida nima?
display: none degani:
"Bu element umuman yo'qdek bo'lsin"
Brauzer nuqtai nazaridan:
- u render qilinmaydi
- u layout hisobiga kirmaydi
- u ekranda joy egallamaydi
Go'yo HTML'da yo'qdek.
Juda muhim farq
Brauzer sahifani chizishda 2 bosqichdan o'tadi:
- Layout hisoblash (qayerda turadi, qancha joy egallaydi)
- Paint (chizish)
display: none:
- ❌ layout bosqichiga kiritilmaydi
- ❌ paint ham bo'lmaydi
Shu sababli: 👉 atrofidagi elementlar uni joyini egallab oladi
Oddiy misol

Matn

.box {
width: 100px;
height: 100px;
background: red;
display: none;

Natija:
- qizil quti ❌ yo'q
- "Matn" yuqoriga ko'tarildi
DOM'da bormi o'zi?
👉 Ha, DOM'da bor.
Farqni tushun:
- DOM'da bor → JS topa oladi
- Layout'da yo'q → ko'rinmaydi, joy egallamaydi
document.querySelector('.box') // ishlaydi
Eng ko'p uchraydigan xato ❌
"Animatsiya qilaman, lekin ishlamayapti"
.modal {
display: none;
transition: 0.3s;

👉 Nega ishlamaydi?
Chunki:
- display animatsiya qilinmaydi
- yo'q va bor holat o'rtasida oraliq yo'q
Qachon display: none ishlatish to'g'ri?
✅ Modal yopilganda ✅ Tab content almashtirishda ✅ SEO yoki accessibility muammo bo'lmasa ✅ Layout'dan butunlay olib tashlash kerak bo'lsa
Qachon ehtiyot bo'lish kerak?
⚠️ Animatsiya kerak bo'lsa ⚠️ Joy saqlanishi kerak bo'lsa ⚠️ Screen reader masalasi bo'lsa
3. visibility: hidden — nimasi bilan boshqacha?
visibility: hidden nima qiladi?
visibility: hidden degani:
"Elementni chizma, lekin joyini saqla"
Brauzer buni shunday tushunadi:
- ✅ layout hisoblanadi
- ❌ paint (chizish) bo'lmaydi
Ya'ni: bor, lekin ko'rinmaydi
Engine darajada farq 🧠
Brauzer 2 bosqichni eslab qol:
1️⃣ Layout — joylashuv 2️⃣ Paint — chizish
display: none
- ❌ layout yo'q
- ❌ paint yo'q
visibility: hidden
- ✅ layout bor
- ❌ paint yo'q
Shu sababli joyi qoladi.
Oddiy misol

Matn

.box {
width: 100px;
height: 100px;
background: red;
visibility: hidden;

Natija:
- qizil quti ko'rinmaydi
- 100×100 joy bo'sh turadi
- matn yuqoriga chiqmaydi
Solishtiramiz 👀
| Holat | Ko'rinadi | Joy egallaydi |

| display: none | ❌ | ❌ |
| visibility: hidden | ❌ | ✅ |
Mana shu jadvalni yodlab ol.
Juda muhim nuance ⚠️
visibility: hidden bo'lsa ham:
- element DOM'da bor
- focus olinmaydi
- lekin child elementlar ham ko'rinmaydi
.parent {
visibility: hidden;

👉 ichidagi hammasi ❌
Qachon visibility: hidden kerak?
✅ Layout buzilmasligi kerak bo'lsa ✅ Joy saqlanishi muhim bo'lsa ✅ Jadval / gridda o'rin saqlash kerak bo'lsa ✅ Vaqtincha yashirish
Qachon noto'g'ri tanlov?
❌ Modal yopishda ❌ Element butunlay yo'q bo'lishi kerak bo'lsa ❌ Accessibility'da interaktiv bo'lmasligi kerak bo'lsa