CSS Asoslari - 10-dars
Display xususiyatini o'rganing. Block va inline elementlar qanday ishlashini, ularning farqlarini va qachon qaysi birini ishlatishni tushuning.
10-dars
O'zing nomla
1. display nima?
display — element sahifada QANDAY qatnashishini belgilaydi.
Ya'ni brauzer o'ziga savol beradi:
"Bu element qanday quti (box) bo'lsin?" — to'liq qatormi? — matn ichidami? — umuman ko'rinmasinmi?
display shu qarorni beradi.
Muhim tushuncha (engine fikrlash 🧠)
Brauzer har bir HTML elementni to'rtburchak quti (box) deb ko'radi.
Lekin bu qutilar bir xil emas.
display:
- box yonma-yon bo'ladimi yoki yo'qmi
- width / height ishlaydimi
- margin / padding qanday hisoblanishini aniqlab beradi.
Default (eng muhim joy)
HTML elementlar o'zidan-o'zi displayga ega bo'ladi.
Masalan:
div→display: blockp→display: blockspan→display: inlinea→display: inline
Bu CSS yozmasangiz ham shunday.
❗ Shuning uchun:
"Men hech narsa yozmadim, lekin yonma-yon chiqmayapti" — bu display sababli.
display aslida nimani hal qiladi?
3 ta asosiy savolni:
- Element yangi qatordan boshlansinmi?
- Yonida boshqalarni qo'yadimi?
- width / height ishladimi yoki yo'qmi?
Bularsiz layout bo'lmaydi.
Oddiy misol

Bir

Ikki

Nega pastma-past?
👉 Chunki div default:
div {
display: block; /* default */

1️⃣ display: block — qatorni egallaydigan quti
Block element shunaqa fikrlaydi:
"Men sahifada alohida qatorman"
Xususiyatlari:
- Har doim yangi qatordan boshlanadi
- Butun qatorni egallaydi
- width, height ishlaydi
- margin, padding to'liq ishlaydi
Misollar:
divpsectionheader
div {
display: block;

👉 Shuning uchun divlar pastma-past chiqadi.
2️⃣ display: inline — matn ichidagi element
Inline element bunday o'ylaydi:
"Men matnning bir bo'lagiman"
Xususiyatlari:
- Yangi qatordan boshlanmaydi
- Faqat kontenti kattaligicha
- width va height ❌ ishlamaydi
- margin-top/bottom ❌ ishlamaydi
Misollar:
spanastrongem
span {
display: inline;

👉 Shuning uchun spanga width: 200px bersang — e'tibor bermaydi.
Engine sabab (eng muhim joy 🧠)
Brauzer layout hisoblayotganda shunday qiladi:
- block → block formatting context
- inline → inline formatting context
Ya'ni:
- Block → qatorlar bo'yicha
- Inline → matn oqimi bo'yicha
Shu sababli:
inline elementga width berib bo'lmaydi chunki u matn kabi hisoblanadi
Vizual misol

DIV

SPAN
SPAN

DIV

Natija:
DIV
SPAN SPAN
DIV
Eng ko'p uchraydigan xato ❌
a {
width: 200px; /* ishlamaydi */

Sabab:
a {
display: inline; /* default */