Readonly
TypeScript'dagi Readonly utility type'i: barcha maydonlarni o'zgarmas qilish, oddiy misol, konfiguratsiyani himoyalash va uning cheklovlari.
67-dars
Readonly
TypeScript'dagi Readonly — bu juda foydali yordamchi type (utility type) bo'lib, obyektimizning ma'lumotlari o'zgarib ketishidan himoya qilish uchun ishlatiladi.
Inglizcha "readonly" so'zi "faqat o'qish uchun" degan ma'noni anglatadi. Readonly yordamida mavjud interface'dagi barcha maydonlarni o'zgartirib bo'lmaydigan (faqat o'qiladigan — immutable) holatga keltirib, yangi type hosil qilasiz. Ya'ni uni bir marta yaratib qiymat berasiz, keyin esa hech qaysi maydonining qiymatini o'zgartirib bo'lmaydi.
Oddiy qilib aytganda: Readonly<SourceType>.
1. Oddiy misol
Tasavvur qiling, sizda oddiy foydalanuvchi interface'i bor:
interface User {
id: number;
name: string;
}
Odatda obyekt yaratilgandan keyin uning xususiyatlarini xohlagancha o'zgartirish mumkin (masalan: user.name = "Vali"). Lekin agar siz bu ma'lumotlar o'zgarib ketishini xohlamasangiz, Readonly yordamida uni qulflab qo'yasiz:
type ReadonlyUser = Readonly<User>;
// Hosil bo'lgan yangi type taxminan shunday ko'rinishda bo'ladi:
// type ReadonlyUser = {
// readonly id: number;
// readonly name: string;
// }
const user: ReadonlyUser = {
id: 1,
name: "Ali",
};
// XATO! Uni o'zgartirib bo'lmaydi:
user.name = "Vali";
// ❌ Cannot assign to 'name' because it is a read-only property.
Ichkarida Readonly — readonly modifikatorli mapped type (61-dars): { readonly [K in keyof T]: T[K] }.
2. IT loyihalaridagi real misol (konfiguratsiya va o'zgarmas konstantalar)
Dasturlashda ilovaning asosiy sozlamalari (Config), API kalitlari yoki muhit o'zgaruvchilari (Environment variables) dastur davomida tasodifan o'zgarib ketmasligi kerak. Bunday paytda Readonly ularni himoya qiladi:
interface AppConfig {
apiUrl: string;
timeout: number;
isProduction: boolean;
}
// Ilova sozlamalarini faqat o'qish uchun (o'zgarmas) qilamiz:
const config: Readonly<AppConfig> = {
apiUrl: "https://api.example.com",
timeout: 5000,
isProduction: true,
};
// Kimdir xato qilib bu qiymatni o'zgartirmoqchi bo'lsa, TypeScript darhol to'xtatadi:
config.timeout = 10000;
// ❌ Cannot assign to 'timeout' because it is a read-only property.
⚠️ Ikki muhim cheklov
- Faqat birinchi daraja (shallow).
Readonlyfaqat obyektning o'z maydonlarini qulflaydi. Ichma-ich obyekt yoki massivning ichi esa o'zgartirilaveradi:
const sozlama: Readonly<{ server: { port: number }; teglar: string[] }> = {
server: { port: 3000 },
teglar: ["api"],
};
sozlama.server = { port: 80 }; // ❌ read-only
sozlama.server.port = 80; // ✅ TS indamaydi — ichki obyekt qulflanmagan
sozlama.teglar.push("v2"); // ✅ massiv ichi ham o'zgaradi
- Faqat compile vaqtida.
readonlyJavaScript'ga o'tmaydi — runtime'da obyekt oddiy obyekt bo'lib qoladi. Runtime'da ham himoya kerak bo'lsa,Object.freeze()ishlatiladi (TS uning natijasini avtomatikReadonly<T>deb biladi).