TanStack Router nima? — Kutubxonaning vazifasi va React ekotizimidagi o'rni
TanStack Router nima, React Router'dan asosiy farqlari: to'liq type-safety, search params validatsiyasi va file-based / code-based routelar.
1-dars
TanStack Router nima?
TanStack Router — bu React ilovalari uchun mo'ljallangan zamonaviy, type-safe (to'liq TypeScript qo'llab-quvvatlaydigan) routelar boshqaruvchisi. Uni Tanner Linsley (TanStack Query muallifi) ishlab chiqqan.
React Router'dan asosiy farqi nimada?
React Router bilan ishlaganda ko'p narsani string (matn) ko'rinishida yozasiz va xato qilish ehtimoli yuqori bo'ladi. Masalan:
navigate('/users/123')— agaruserso'rniga adashibusrsdeb yozib yuborsangiz, TypeScript buni sezmaydi. Xatoni faqat brauzerni ochib ko'rgandagina (404 sahifasida) bilasiz.searchParams.get('filter')— har doimstring | nullqaytaradi. Uni raqam yoki mantiqiy qiymatga o'tkazish (Number(),Boolean()) va validatsiya qilish ishlari sizning zimmangizda bo'ladi.
TanStack Router esa bu muammolarni tubdan hal qiladi:
- To'liq Type-Safety (avto-to'ldirish va tekshiruv): Agar marshrut (route) parametri yoki query-parametr o'zgarsa, TypeScript darhol sizni ogohlantiradi. Yo'llarni xato yozish imkonsiz bo'lib qoladi.
- Kuchli Search Params (Query) validatsiyasi: URL'dagi query parametrlarni (
?sort=asc&page=2) shunchaki matn sifatida emas, balki Zod yoki boshqa validatorlar yordamida to'g'ridan-to'g'ri raqam, obyekt yoki maxsus turlar sifatida boshqarish imkonini beradi. - Faylga asoslangan (File-based) yoki kodga asoslangan (Code-based) routelar: Istasangiz Next.js kabi fayl strukturasi orqali avtomatik routelar hosil qilasiz, istasangiz React Router'ga o'xshab kod orqali yozasiz.
Real hayotdagi misol: TypeScript bilan farqi
Tasavvur qiling, sizda foydalanuvchi profiliga o'tadigan funksiya bor.
React Router'da:
// Agar yo'lni adashib yozsangiz ham TS jim turadi
navigate('/profile/settings'); // Xato yo'l bo'lsa ham kod ishlayveradi
TanStack Router'da:
TanStack Router sizning barcha routelaringizni avtomatik skaner qiladi va ularning turlarini (types) hosil qiladi. Agar siz mavjud bo'lmagan yo'lni ko'rsatsangiz:
// TypeScript qizil chiziq bilan darhol xatoni ko'rsatadi:
// "Type '/profile/settings' is not assignable to route..."
navigate({ to: '/profile/settings' });
Ya'ni xato brauzerda emas, kod yozish paytidayoq — muharrirning o'zida aniqlanadi.