Seriya: JavaScript Masalalari 15

keyingi sana

Day va Month berilganda, kabisa bo‘lmagan yil uchun keyingi sanani toping.

Masala

Ikkita butun son berilgan: Day (kun) va Month (oy).

Kabisa bo‘lmagan yil sanasi kiritiladi. Berilgan sanadan keyingi sanani aniqlovchi dastur tuzing.

Muhim shartlar

  • Agar kiritilgan oy mavjud bo‘lmasa: Bunday oy yo'q
  • Agar sana noto‘g‘ri bo‘lsa: Bunday sana yo'q

Oylar bo‘yicha kunlar soni

  • 1, 3, 5, 7, 8, 10, 12 → 31 kun
  • 4, 6, 9, 11 → 30 kun
  • 2 → 28 kun

Kiruvchi ma’lumot

  • Ikkita butun son: Day va Month

Chiquvchi ma’lumot

  • Keyingi sana DD.MM formatida yoki
  • Bunday oy yo'q yoki
  • Bunday sana yo'q

Namuna testlar

nextDate(7, 7);    // 08.07
nextDate(31, 1);   // 01.02
nextDate(31, 12);  // 01.01
nextDate(31, 15);  // Bunday oy yo'q
nextDate(35, 3);   // Bunday sana yo'q
nextDate(28, 2);   // 01.03
nextDate(30, 4);   // 01.05
nextDate(29, 2);   // Bunday sana yo'q
nextDate(15, 11);  // 16.11
nextDate(0, 5);    // Bunday sana yo'q

console.log(...) orqali tekshirib ko‘ring.

Mashq qilib ko'ring

Eslatma: Natijani chiqarish uchun console.log() dan foydalaning

Kodingizni bu yerga yozing va "Ishga tushirish" ni bosing

Natija