Seriya: JavaScript Masalalari 13

Yildagi kunlar soni

Berilgan yil kabisa yoki oddiy ekanligini aniqlab, shu yildagi kunlar sonini qaytaradigan funksiya yozing.

Masala

Musbat butun son ko‘rinishida yil beriladi. Shu yilda nechta kun borligini aniqlang.

  • Funksiya nomi: daysInYear
  • Parametr: musbat butun son year
  • Natija:
    • kabisa yilida 366
    • kabisa bo‘lmagan yilda 365

Kabisa yil qoidasi

  • Agar yil 4 ga karrali bo‘lsa, kabisa yil bo‘ladi.
  • Ammo yil 100 ga ham karrali bo‘lsa, u holda faqat 400 ga karrali bo‘lsa kabisa yil hisoblanadi.

Misollar

daysInYear(300); // 365
daysInYear(1300); // 365
daysInYear(1900); // 365
daysInYear(1200); // 366
daysInYear(2000); // 366

console.log(...) orqali tekshiring.

Mashq qilib ko'ring

Eslatma: Natijani chiqarish uchun console.log() dan foydalaning

Kodingizni bu yerga yozing va "Ishga tushirish" ni bosing

Natija