Series: HTML Basics Lesson 4
HTML — Web Platformaning Asosi
HTML'ni Web Platformaning asosi sifatida o'rganing: semantika, brauzer parsing, DOM qurilishi va HTML nima uchun error bermasligi.
4-dars
HTML — Web Platformaning Asosi
Ko'pchilik HTML'ni faqat "markup language" yoki "taglar to'plami" deb o'ylaydi. Aslida esa HTML — bu brauzer bilan kelishuv, platforma API, va ma'no (semantics) uzatuvchi til.
Bu darsda biz HTML'ni:
• dizayn vositasi emas,
• UI framework emas,
• "frontend boshlanishi" emas,
balki Web Platformaning eng asosiy qatlami sifatida ko'ramiz.
1. HTML nimani HAL qiladi?
HTML'ning vazifasi ko'rinish chizish emas. HTML muammoni hal qiladi:
HTML nimani hal qiladi?
Kontent strukturasi
• Bu nima?
• Bu nimaga tegishli?
• Qaysi qismi muhim, qaysisi yordamchi?
Ma'no (Semantics)
• Bu sarlavhami?
• Bu navigatsiyami?
• Bu maqolami?
• Bu tugmami yoki shunchaki matnmi?
Brauzer va boshqa agentlar bilan kelishuv
• Brauzer
• Screen reader
• Search engine
• Voice assistant
• Reader mode
• Print mode
HTML — bu "mening sahifam nimani anglatadi" degan deklaratsiya.
• CSS — qanday ko'rinadi
• JS — qanday harakat qiladi
• HTML — bu nima o'zi
2. HTML — bu dizayn emas, ma'no
Noto'g'ri fikr
"HTML sahifani chizadi"
Yo'q. HTML hech narsani chizmaydi.
HTML shunchaki shuni aytadi:
Bu sarlavha
Bu paragraf
Bu tugma
Brauzer esa o'z default UI qoidalari asosida buni ko'rsatadi.
Agar brauzer dizaynini o'zgartirsak — HTML o'zgarmaydi. Agar CSS o'chsa — HTML hali ham ishlaydi.
Bu juda muhim:
HTML UI emas, HTML meaning layer
3. Browser HTML'ni qanday parse qiladi?
HTML yozilganida brauzer uni qadam-baqadam o'qiydi.
1-qadam: Tokenization
Brauzer matnni belgilar oqimi sifatida o'qiydi va tokenlarga ajratadi:
→ start tag
→ end tag
• text → text node
HTML bu bosqichda syntax jihatdan qattiq emas.
2-qadam: Tree Construction
Tokenlardan DOM tree quriladi.
Brauzer HTML'ni yuqoridan pastga qarab o'qiydi va:
• ochilgan taglarni stack'ga qo'yadi
• yopilganini topganda chiqaradi
Agar xato bo'lsa-chi?
👉 Brauzer o'zi to'g'rilaydi.
4. Nega HTML Error Bermaydi? (Parser Progress Bilan)
HTML'da "Error" Degan Tushuncha Bormi?
Qisqa javob: yo'q. To'g'rirog'i: HTML'da error tashlash mexanizmi yo'q.
HTML:
• exception tashlamaydi
• execution'ni to'xtatmaydi
• "syntax error" bermaydi
Buning o'rniga HTML'da bitta prinsip bor:
Parse qil → DOM qur → Render qil
Qanday bo'lishidan qat'i nazar.
HTML Parsing — Progressiv Jarayon
HTML bir martalik tekshiruv emas. U progressive parsing bilan ishlaydi.
Brauzer HTML'ni:
• orqaga qaytmasdan
• fayl to'liq kelishini kutmasdan
• yuqoridan pastga qarab
o'qiydi.
Bu shuni anglatadi:
Brauzer qarorni real vaqtda qabul qiladi.
Real Misol: Xato HTML
Salom
Bu HTML noto'g'ri. Endi brauzer qanday progress bilan ishlashini ko'ramiz.
1-Bosqich: Tokenization
Brauzer belgilar oqimini tokenlarga ajratadi:
→ start tag token
→ start tag token
• Salom → text token
→ end tag token
Hali bu bosqichda:
• error yo'q
• mantiq tekshirilmaydi
• faqat tokenlar bor
2-Bosqich: Tree Construction (Stack bilan)
Brauzer DOM qurishni boshlaydi.
2.1
keldi
• stack: [p]
• DOM:
2.2
keldi
⚠️ MUHIM NUQTA
HTML qoidasi:
ichida
bo'lishi mumkin emas
Shu sababli parser:
ni implicit yopadi
• stack'dan chiqaradi
ni yangi tugun sifatida ochadi
Natija:
• stack: [div]
2.3 Salom keldi
ichiga qo'shiladi
Salom
2.4
keldi
Parser tekshiradi:
• stack tepasida
bor
yo'q
Qoidaga ko'ra:
• mos kelmagan end tag → e'tiborsiz qoldiriladi
Hech qanday error yo'q.
3-Bosqich: DOM Tayyor
Yakuniy DOM:
Salom
Bu:
• valid DOM
• render qilinadi
• foydalanuvchi kontentni ko'radi
Nega Parser "To'xtab Qolmaydi"?
Chunki HTML parser:
• fail-safe
• error-tolerant
• forward-only
Agar parser to'xtasa:
• internetning yarmi ochilmaydi
• eski saytlar o'ladi
• web ishonchsiz bo'ladi
HTML Parser Qarorlari — Oldindan Belgilangan
Bu "brauzer fantaziyasi" emas.
HTML standartida:
• qaysi tag qaysini yopishi
• qaysi end tag tashlab yuborilishi
• qaysi joyda auto-close bo'lishi
qat'iy yozilgan.
Shuning uchun:
• Chrome
• Firefox
• Safari
bir xil natija beradi.
5. DOM nima va HTML bilan aloqasi
HTML — bu matn. DOM — bu xotiradagi obyektlar daraxti.
HTML ≠ DOM
• HTML — static source
• DOM — runtime representation
Misol:
Brauzer buni quyidagicha DOM'ga aylantiradi:
type: "div",
id: "app",
children: []
JavaScript HTML bilan emas, DOM bilan ishlaydi.
Shu sababli:
• JS HTML'ni o'zgartirmaydi
• JS DOM'ni o'zgartiradi
• HTML fayl o'zgarmaydi, sahifa esa o'zgaradi
6. HTML platforma API sifatida
HTML'ni shunday ko'rish kerak:
HTML — bu browser API contract
Misollar:
•  → navigation API
→ network API
•  → state + validation API
•  → media API
• <details> → interaction API
Ko'p funksiyalar JS'siz ham ishlaydi:
• Enter bosish
• Tab navigation
• Accessibility
• Validation
• History
Frameworklar kelib-ketadi. HTML API esa 30 yildan beri ishlayapti.
7. HTML ≠ UI, HTML = semantics + meaning
UI — bu natija, HTML — bu ta'rif.
Bir xil HTML:
• brauzerda ko'rinadi
• screen reader'da o'qiladi
• Google tomonidan indekslanadi
• Reader mode'da qayta formatlanadi
• Print'da boshqa ko'rinadi
Agar HTML noto'g'ri yozilgan bo'lsa:
• SEO yomon
• Accessibility yomon
• Performance yomon
• UX yomon
8. Xulosa
Bu darsdan olinadigan asosiy fikrlar:
• HTML dizayn emas
• HTML UI emas
• HTML JS'ga xizmatkor emas
• HTML — Web Platformaning poydevori
HTML'ni to'g'ri tushungan odam:
• frameworkdan qo'rqmaydi
• SSR / CSR farqini tushunadi
• accessibility'ni avtomatik oladi
• SEO'ni "plugin" bilan emas, to'g'ri struktura bilan qiladi