CSS Asoslari - 5-dars
!important nima va nega xavfli ekanligini, shuningdek CSS inheritance (meros) tushunchasini o'rganing. !important'ning muammolari va inheritance qanday ishlashini tushuning.
5-dars
!important va Inheritance
Bu darsda !important nima ekanligini, nega xavfli bo'lishini va CSS inheritance (meros) tushunchasini o'rganamiz.
1. !important nima va nega xavfli?
!important nima?
!important — bu CSS'da majburlash.
Oddiy qilib aytganda:
❝ Qoidalar, cascade, specificity — hammasini chetga surib faqat men ishlayman ❞
Eng oddiy misol 👇
p {
color: red !important;

.text {
color: blue;

Salom

❓ Rang qanaqa?
👉 red
❗ Nega?
.text class kuchliroq edi
lekin !important hammasini bosib ketdi
!important nima qiladi?
U quyidagilarni buzadi:
❌ cascade tartibini ❌ specificity hisobini ❌ CSS mantiqini
Brauzer shunday deydi:
"Menga baribir, !important bor ekan."
Eng xavfli joy ⚠️
!important → zanjirli muammo
Misol:
.title {
color: red !important;

Keyin sen xohlaysan:
.page .title {
color: blue;

❌ Ishlamaydi.
Unda nima qilasan?
.page .title {
color: blue !important;

👉 important vs important urushi boshlanadi 😬
Natijasi qanday bo'ladi?
- CSS o'qilmaydi
- qayerda nima ishlayotganini tushunmaysan
- kichik o'zgarish katta bug bo'ladi
- project sekin o'ladi
Shuning uchun:
!importantni oxirgi chora deb bilish kerak
Qachon !important ishlatish mumkin?
Ha, umuman taqiqlanmagan.
✔ Faqat shular uchun:
- browser default'ni majburan o'chirish
- utility class (.hidden, .sr-only)
- tashqi library override qilishga majbur bo'lsang
📌 Lekin:
"CSS ishlamadi, shuning uchun !important qo'ydim" — ❌ bu noto'g'ri sabab
Yaxshi alternativalar 🧠
!important o'rniga:
✔ selectorni to'g'ri aniqlashtir ✔ CSS'ni to'g'ri joyga yoz ✔ keraksiz ID'lardan qoch ✔ cascade'ni tushun
Oson misol 😄
!important — bolg'a
CSS esa — mexanizm
Bolg'a bilan hamma narsani urib bo'ladi, lekin hammasi sinadi.
Xulosa
!important — CSS'ning eng kuchli, lekin eng xavfli quroli. Faqat oxirgi chora sifatida ishlatish kerak.
2. Inheritance nima?
Inheritance — bu nima?
Inheritance — bu CSS'da ota elementdan bola elementga xususiyat o'tishi.
Oddiy qilib aytganda:
❝ Ota elementda yozilgan ba'zi CSS'lar ichidagi bolalarga avtomatik o'tadi ❞
Eng oddiy misol 👇
div {
color: red;

Salom

World

❓ p va span rangi qanaqa?
👉 red
❗ Nega?
color — meros bo'ladigan property
bola elementlar ota'dan oladi
Muhim tushuncha ⚠️
❗ Hamma CSS property meros bo'lmaydi
CSS ikki guruhga bo'linadi:
🧬 Meros bo'ladigan
🧱 Meros bo'lmaydigan
Nega bunday qilingan?
Tasavvur qil:
har bir p, span, a ga alohida color yozsang
👉 CSS 100 baravar ko'payib ketadi
Shuning uchun:
text bilan bog'liq narsalar
ota'dan bolaga o'tadi
Yana bir misol 👇
body {
font-family: Arial;

👉 Sen p, h1, li ga yozmasang ham 👉 hammasi Arial bo'ladi
Bu — inheritance
Inheritance qayerda ishlamaydi?
Misol 👇
div {
border: 1px solid red;

Text

❓ p da border bormi?
👉 ❌ Yo'q
❗ Sabab:
border — meros bo'lmaydi
Cascade vs Inheritance (farqi!)
Bu joy juda muhim ⚠️
Cascade → qaysi style tanlanadi
Inheritance → style ota'dan o'tadimi yo'qmi
Meros bo'ladigan propertylar
Ko'pincha text bilan bog'liq:
colorfont-familyfont-sizefont-weightline-heighttext-align- va boshqalar...
Meros bo'lmaydigan propertylar
Ko'pincha layout va border bilan bog'liq:
bordermarginpaddingwidthheightbackground- va boshqalar...
Xulosa
Inheritance — CSS'ning kuchli mexanizmi bo'lib, ota elementdan bola elementlarga ba'zi xususiyatlarni avtomatik o'tkazadi. Bu CSS kodni qisqartirishga yordam beradi.