CSS Asoslari - 23-dars
Media Query va Container Query. Media Query nima, qachon ishlatiladi va Container Query qanday ishlaydi. Media Query va Container Query farqi.
23-dars
O'zing nomla
1. Media Query nima o'zi?
Media query — bu ekran sharoitiga qarab CSS qo'llash.
Ko'p odam noto'g'ri o'ylaydi:
"Media query = responsive"
❌ Yo'q.
Media query — faqat bitta vosita.
Oddiy misol:
@media (min-width: 768px) {
.layout {
display: grid;
grid-template-columns: 1fr 1fr;
}
}
👉 Bu yerda:
768px dan katta bo'lsa — boshqa layout
Media query qachon kerak?
Media query faqat shunda kerak, agar:
layout fizik jihatdan o'zgarmasa bo'lmaydigan bo'lsa
masalan:
1 ustun → 2 ustun
sidebar paydo bo'lishi
nav o'zgarishi
2. Container Query nima?
Container query — element ekranga emas, o'z konteyneriga qarab moslashadi.
Container query qanday ishlaydi?
1️⃣ Avval konteyner e'lon qilinadi:
.card-wrapper {
container-type: inline-size;
}
2️⃣ Keyin shu konteynerga qarab yoziladi:
@container (min-width: 500px) {
.card {
display: flex;
gap: 16px;
}
}
👉 Bu:
viewport emas
parent width ga qaraydi
Nega container query juda kuchli?
Oldin:
Komponent qayerda turganini bilishi kerak edi
Hozir:
Komponent o'ziga qarab moslashadi
Bu degani:
component reusable
layout'dan mustaqil
design system'ga mos
Media query vs Container query (qisqa)
| Holat | Media Query | Container Query |
|---|---|---|
| Asos | Viewport | Parent |
| Global layout | ✅ | ❌ |
| Component ichida | ❌ | ✅ |
| Reusable | ❌ | ✅ |
| Dizayn system | 😐 | 🔥 |