Record
TypeScript'dagi Record utility type'i: kalit va qiymat type'larini qisqa yozish, index signature bilan solishtirish, union kalitlar bilan ishlatish va afzalliklari.
62-dars
Record
TypeScript'dagi Record — obyektlarning tuzilishini (type'larini) qisqa va qulay yozish uchun ishlatiladigan yordamchi type (utility type). U kalitlar (keys) va qiymatlar (values) qanday type'da bo'lishini oldindan belgilab qo'yishga yordam beradi.
Oddiy qilib aytganda: Record<KeyType, ValueType>.
1. Oddiy misol
Tasavvur qiling, sizda xodimlarning maoshlari ro'yxati bor. Bunda kalitlar string (xodimning ismi), qiymatlar esa raqam (maoshi) bo'lishi kerak:
// Kalitlar: string, Qiymatlar: number
type Salaries = Record<string, number>;
const userSalaries: Salaries = {
"Ali": 1200,
"Vali": 1500,
"Olim": 900,
};
Buni Record ishlatmasdan quyidagicha yozish ham mumkin edi (index signature, 18-dars):
type Salaries = {
[key: string]: number;
};
Ko'rib turganingizdek, Record<string, number> yozish ancha qisqa va tushunarli.
2. Aniq kalitlardan foydalanish (union type bilan)
Record'ning asosiy kuchlaridan biri — kalitlar o'rniga faqat o'zingiz xohlagan aniq so'zlarni (union type) berishingiz mumkin.
Masalan, haftaning kunlari yoki foydalanuvchi rollari:
type Roles = "admin" | "editor" | "user";
type Permissions = Record<Roles, boolean>;
const rolePermissions: Permissions = {
admin: true,
editor: true,
user: false, // Agar bittasini yozmasangiz yoki boshqa so'z yozsangiz, TS xato beradi
};
Ichkarida Record — oddiy mapped type (61-dars): { [K in Roles]: boolean }.
3. Nima uchun kerak? (Afzalliklari)
- Kod hajmini qisqartiradi: har safar murakkab interface yozish o'rniga bitta qatorda type yaratish mumkin.
- Xatoliklarning oldini oladi: kalitlar union bilan berilsa, obyekt ichiga ortiqcha yoki noto'g'ri kalit qo'shib yuborishdan, shuningdek kerakli kalitni unutib qo'yishdan himoya qiladi.
- Avto-to'ldirish (autocomplete): IDE (masalan, VS Code) qaysi kalitlar borligini avtomatik chiqarib beradi.