Discriminated union
TypeScript'da discriminated union: imkonsiz holatlarni yo'qotish, uch tarkibiy qism, boolean discriminant, in operatoridan farqi, error-first callback'ni almashtirish va discriminant'ning string'ga kengayishi.
45-dars
Discriminated union
Ma'lumot yuklash holatini ko'pincha shunday yozishadi: hamma maydonlar bitta obyektda, ko'pi ixtiyoriy:
// ❌ Hamma narsa optional — imkonsiz holatlar ham "to'g'ri"
type Sorov = {
yuklanmoqda: boolean;
data?: string[];
xato?: string;
};
const s1: Sorov = { yuklanmoqda: true, data: ["Ali"], xato: "Timeout" }; // 🐛 ham yuklanmoqda, ham data, ham xato?
const s2: Sorov = { yuklanmoqda: false }; // 🐛 tugadi, lekin na data, na xato
function korsat(s: Sorov) {
if (!s.yuklanmoqda && !s.xato) {
return s.data!.join(", "); // s2 uchun 💥 TypeError: Cannot read properties of undefined
}
}
TS bu yerda yordam bera olmaydi: yuklanmoqda: false bo'lsa ham data bor-yo'qligini bilmaydi. Natijada ! paydo bo'ladi.
Discriminated union har bir holatni alohida variant qilib yozadi va ularni bitta umumiy kalit bilan ajratadi:
// ✅ Har bir holat — o'z maydonlari bilan
type Sorov =
| { holat: "yuklanmoqda" }
| { holat: "muvaffaqiyat"; data: string[] }
| { holat: "xato"; xabar: string };
function korsat(s: Sorov): string {
if (s.holat === "yuklanmoqda") return "Kuting...";
if (s.holat === "xato") return `Xato: ${s.xabar}`; // s: { holat: "xato"; xabar: string }
return s.data.join(", "); // s: { holat: "muvaffaqiyat"; data: string[] }
}
const s1: Sorov = { holat: "yuklanmoqda", data: ["Ali"] };
// ❌ Object literal may only specify known properties, and 'data' does not exist in type '{ holat: "yuklanmoqda"; }'.
Endi imkonsiz holatni yaratib bo'lmaydi, ! ham kerak emas.
Qanday ishlaydi?
1. Uch tarkibiy qism
Discriminated union bo'lishi uchun:
- Bir nechta obyekt type'idan iborat union;
- Har bir variantda bir xil nomli kalit (discriminant):
holat,type,kindva h.k.; - Bu kalitning type'i har variantda boshqa literal.
type Shakl =
| { tur: "doira"; radius: number }
| { tur: "tortburchak"; eni: number; boyi: number }
| { tur: "uchburchak"; asos: number; balandlik: number };
Discriminant === yoki switch bilan tekshirilganda, TS butun obyektni mos variantga toraytiradi:
function yuza(s: Shakl): number {
switch (s.tur) {
case "doira":
return Math.PI * s.radius ** 2; // faqat radius mavjud
case "tortburchak":
return s.eni * s.boyi; // faqat eni, boyi
case "uchburchak":
return (s.asos * s.balandlik) / 2; // faqat asos, balandlik
}
}
2. Discriminant faqat string bo'lishi shart emas
boolean va number literal'lari ham ishlaydi. Ikki variant uchun ok: true | false juda qulay:
type Saqlash =
| { ok: true; id: number }
| { ok: false; sabab: string };
function xabar(n: Saqlash): string {
if (n.ok) {
return `Saqlandi, id: ${n.id}`; // n: { ok: true; id: number }
}
return `Saqlanmadi: ${n.sabab}`; // n: { ok: false; sabab: string }
}
if (n.ok) — truthiness tekshiruvi, lekin ok faqat true yoki false bo'lishi mumkinligi uchun TS uni ham narrowing deb tushunadi.
3. Nega in operatoridan ishonchliroq
"radius" in s bilan ham obyektlarni ajratgan edik. Lekin in "bu maydon obyektda bormi?" deb so'raydi, discriminant esa "bu obyekt qaysi variant?" deb so'raydi. Farq optional maydonlar paydo bo'lganda ko'rinadi:
type Doira = { radius: number };
type Kvadrat = { tomon: number; radius?: number }; // burchak yumaloqligi uchun
function hisobla(s: Doira | Kvadrat) {
if ("radius" in s) {
s; // Doira | Kvadrat — Kvadrat ham radius'ga ega bo'lishi mumkin
s.tomon; // ❌ Property 'tomon' does not exist on type 'Doira | Kvadrat'.
}
}
TS'da obyekt type'lari strukturaviy: type'da yozilmagan qo'shimcha maydon ham obyektda bo'lishi mumkin. Shu sababli in faqat taxminiy ajratadi.
in operatori |
Discriminant | |
|---|---|---|
| Nimani tekshiradi | Maydon borligini | Variant nomini |
| Optional maydonlar bilan | chalkashadi | ta'sir qilmaydi |
| Xato yozilgan qiymat | sezilmaydi | darhol xato |
| Yangi variant qo'shilganda | qo'lda qidirish kerak | exhaustive check yordam beradi |
in hali ham foydali: tashqi kutubxona type'larini o'zgartira olmasangiz yoki discriminant yo'q bo'lsa.
4. Error-first callback muammosi hal bo'ladi
Node.js uslubidagi callback'da err va data bir-biriga bog'lanmaganini ko'rgan edik:
// ❌ Ikki alohida parametr — TS ular orasidagi aloqani bilmaydi
function oqi(callback: (err: Error | null, data?: string) => void) { /* ... */ }
oqi((err, data) => {
if (err) return console.error(err);
data.toUpperCase();
// ❌ 'data' is possibly 'undefined'.
});
err tekshirilgandan keyin ham data — string | undefined. Chunki type'da "err bo'lmasa data albatta bor" degan qoida yo'q. Ikkalasini bitta discriminated union'ga birlashtiramiz:
// ✅ Bitta parametr — ikki holat aniq ajratilgan
type OqishNatijasi =
| { ok: false; xato: Error }
| { ok: true; data: string };
function oqi(callback: (natija: OqishNatijasi) => void) { /* ... */ }
oqi((natija) => {
if (!natija.ok) return console.error(natija.xato);
natija.data.toUpperCase(); // ✅ data: string
});
Eng ko'p uchraydigan xato
Obyektni avval o'zgaruvchiga saqlab, keyin uzatish — discriminant stringga kengayadi.
type Bildirishnoma =
| { tur: "muvaffaqiyat"; matn: string }
| { tur: "xato"; matn: string; qaytaUrinish: () => void };
function korsat(b: Bildirishnoma) { /* ... */ }
korsat({ tur: "muvaffaqiyat", matn: "Saqlandi" }); // ✅ to'g'ridan-to'g'ri — ishlaydi
const b = { tur: "muvaffaqiyat", matn: "Saqlandi" };
korsat(b);
// ❌ Argument of type '{ tur: string; matn: string; }' is not assignable to parameter of type 'Bildirishnoma'.
Nega bunday bo'ladi? const b = {...} yozilganda TS obyekt type'ini o'zi chiqaradi. Obyekt maydonlarini keyinchalik o'zgartirish mumkin (b.tur = "boshqa"), shuning uchun TS "muvaffaqiyat"'ni literal emas, keng string deb oladi. string esa hech bir variantning discriminant'iga mos kelmaydi. To'g'ridan-to'g'ri uzatilganda TS kutilgan type'ni ko'radi va literal'ni saqlaydi.
Ko'pincha bu xatoni as bilan "yopishadi": korsat(b as Bildirishnoma). Shunda tur: "xato" bo'lib, qaytaUrinish unutilgan obyekt ham o'tib ketadi 🐛, keyin b.qaytaUrinish() chaqirilganda 💥 TypeError: b.qaytaUrinish is not a function.
✅ Yechim 1: o'zgaruvchiga type yozing (eng yaxshi usul)
const b: Bildirishnoma = { tur: "muvaffaqiyat", matn: "Saqlandi" };
korsat(b); // ✅
const x: Bildirishnoma = { tur: "xato", matn: "Tarmoq uzildi" };
// ❌ Property 'qaytaUrinish' is missing in type '{ tur: "xato"; matn: string; }' but required in type '{ tur: "xato"; matn: string; qaytaUrinish: () => void; }'.
Annotation literal'ni saqlaydi va har bir variantning majburiy maydonlarini ham tekshiradi.
✅ Yechim 2: funksiya qaytarsa, return type yozing
function saqlandi(): Bildirishnoma {
return { tur: "muvaffaqiyat", matn: "Saqlandi" }; // ✅ literal saqlanadi
}
Esda tuting: discriminated union'ga tegishli obyektni o'zgaruvchida yaratsangiz, o'zgaruvchiga union type'ini yozing, aks holda discriminant stringga aylanadi.